Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 10

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida “Islohotlar, inson farovonligi va mintaqaviy hamkorlik” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi

Unda Umumkasbiy fanlar kafedrasi professori H. Aliqulov ma’ruza qilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

1

Ma’ruza davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Xususan, O‘zbekistonning BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorligi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar, Toshkent shahrida Agroinnovatsiyalar xabini tashkil etish hamda 27 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, neft-gaz sanoatidagi islohotlar, yangi gaz konlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi ishlar muhokama qilindi.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kuz-qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish, energiya xarajatlarini yengillashtirish hamda energiya tejovchi uskunalardan foydalanishni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangilanishlar, ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlash va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ma’ruzada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari ham yoritilib, savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika, energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish sohalaridagi mintaqaviy hamkorlik masalalari haqida ma’lumot berildi.

Mazkur “Ma’rifat darsi” talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning mamlakatimizdagi islohotlar hamda xalqaro hamkorlik jarayonlariga oid bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…