“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Jamoalar maydonda o‘zaro kuch sinashib, g‘alabaga bo‘lgan intilish, jamoaviy birdamlik va sport mahoratini namoyish etdilar. Har bir uchrashuv qizg‘in bahslar va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin — ST-26-02 guruhi jamoasi;
2-o‘rin — ST-26-04 guruhi jamoasi;
3-o‘rin — ST-26-03 guruhi jamoasi.
G‘olib va sovrindor jamoalarni munosib natijalari bilan tabriklaymiz!
Musobaqa davomida o‘zining mahorati, faolligi va munosib o‘yini bilan ajralib turgan talabalar Soliq oliy maktabi terma jamoasi tarkibiga saralab olinadi.




