“Soliq elementlari va soliqqa tortish mexanizmi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Soliq oliy maktabida “Soliqqa kirish” fanidan “Soliq elementlari va soliqqa tortish mexanizmi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Darsga Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Sergey Bogachyov taklif etildi.
Ma’ruza davomida soliq elementlari va soliqqa tortish mexanizmining nazariy asoslari, xalqaro tajribada qo‘llanilishi hamda bugungi kundagi soliq-budjet siyosatining eng muhim jihatlari yoritildi.
Mashg‘ulot jarayonida nazariy bilimlar xalqaro tajriba va amaliy misollar bilan boyitilib, talabalar bilan fikr almashildi. Bunday hamkorlikdagi mashg‘ulotlar xalqaro aloqalarni mustahkamlash, talabalarning kasbiy bilimlarini kengaytirish hamda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.




