Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 6

Soliq oliy maktabida xalqaro ekspert Jastin Erkess ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

21 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega bo‘lgan ekspert talabalarga biznes ingliz tili (Business English) va soliqqa oid terminologiya (Taxation) bo‘yicha bilim va tajribalarini ulashib, samarali o‘qitish metodikalari bilan tanishtirdi.


Mashg'ulot davomida talabalar xalqaro biznes muhitida va kasbiy faoliyatda qo‘llaniladigan ingliz tili vositalarini o‘rgandilar. Ishtirokchilar savol-javoblar va qizg‘in muhokamalarda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Mahorat darsi mazmunli va interaktiv ruhda o‘tdi. Unda olingan bilim va tajribalar talabalarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro biznes muhitida samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…