“Ilmi ummon sharafga sazovorlar” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi
Soliq oliy maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari doirasida “Ilmi ummon sharafga sazovorlar” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Unda soliq tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan, nafaqadagi Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi (general) Abbasxanov Lazizxon, Soliq oliy maktabi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida soliq tizimida ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida to‘plangan tajriba, kasbiy mas’uliyat va yosh avlodga o‘rnak bo‘lish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yoshlarning soha vakillari tajribasidan saboq olishi, kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirishi hamda avlodlar o‘rtasidagi tajriba almashinuvini rivojlantirishga imkon yaratdi.




