Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 7

Soliq oliy maktabi vakillari O‘zbekiston–Xitoy xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdi

Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan politexnika universiteti (Sichuan Polytechnic University) tashabbusi bilan “O‘zbekistonda Sichuan provinsiyasi oliy ta’lim muassasalari taqdimoti hamda xalqaro xitoy tili ta’limi sohasidagi hamkorlik forumi” bo‘lib o‘tdi.

1

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan mazkur xalqaro forumda Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabining mas’ul xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Forum doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash hamda xitoy tili va kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirning dastlabki qismida Sichuan provinsiyasidagi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari, xalqaro talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartiblari va akademik almashinuv imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Forumning navbatdagi qismida xalqaro xitoy tili ta’limi va kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Soliq oliy maktabi talabalari Xitoyning yetakchi ta’lim muassasalari faoliyati, xalqaro ta’lim dasturlari va xorijda tahsil olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, akademik rivojlanish hamda madaniyatlararo muloqot borasidagi bilimlarini boyitdilar.

Mazkur xalqaro forum Soliq oliy maktabining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollarini o‘rganish, xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish hamda talabalarni jahon ta’lim maydonidagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…