Soliq oliy maktabida “Uch avlod uchrashuvi” doirasida davra suhbati tashkil etildi
Unda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Soliq auditi bo‘limi davlat soliq katta inspektori Ergashev Uyg‘un, Soliq oliy maktabi mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida ustozlarning hayotdagi o‘rni, kasbga sadoqat, mehnatsevarlik va vatanparvarlik, shuningdek, tajriba va bilimlarni yosh avlodga yetkazishning ahamiyati muhokama qilindi.
Uchrashuv yoshlarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, ustozlarga hurmat va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qildi.




