Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 21

Soliq oliy maktabida nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanmoqda

Soliq oliy maktabida ta’lim sifatini oshirish, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish hamda talabalarni soha faoliyatiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Soliq qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlariga muntazam jalb etilib, talabalarga soliq sohasidagi real ish jarayonlari va amaliy tajribalar yetkazilmoqda.

1

Ixtisoslik fanlari kafedrasi dotsenti Xusan Zaripov tomonidan ST-26-01 guruhi talabalari uchun “Soliqqa kirish” fanidan “Soliqlarning iqtisodiy va huquqiy talqini” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi katta soliq inspektori Sherzodbek Qo‘chqorov ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida soliqlarning davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ahamiyati va soliq munosabatlarining huquqiy asoslari amaliy misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash tajribasi, soliq ma’muriyatchiligidagi zamonaviy yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari va axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi haqida ma’lumot berildi.

Bunday mashg‘ulotlarning muhim jihati shundaki, talabalar soliq tizimida bevosita faoliyat yuritayotgan mutaxassislar orqali sohadagi dolzarb o‘zgarishlar, amaliyotda uchraydigan vaziyatlar va ularning yechimlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularni real ish jarayonlari bilan bog‘lash hamda kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Soliq tizimi mutaxassislarining ta’lim jarayonidagi ishtiroki talabalarning sohadagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borishi, kasbiy dunyoqarashini kengaytirishi va mehnat faoliyatiga tayyorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita amaliyotchi mutaxassisdan javob olish orqali kasbning nazariy va amaliy jihatlarini chuqurroq anglaydilar.

Soliq oliy maktabida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida mashg‘ulotlar tashkil etish hamda talabalarga zamonaviy soliq tizimining amaliy tajribalarini yetkazish ishlari izchil davom etmoqda.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…