Soliq oliy maktabida munozara turniri boshlandi
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida munozara turniri doirasida "Ekologiyani asrash iqtisodiyotni rivojlantirishdan muhimroq" mavzusidagi ilk debat bo‘lib o‘tdi.

Bahsda "Turkiston" va "Gerold Team" jamoalari ekologik barqarorlik hamda iqtisodiy taraqqiyot masalalari yuzasidan o‘z fikr va dalillarini ilgari surdilar.
Mazkur tadbir talabalarning tanqidiy fikrlash, o‘z nuqtayi nazarini asoslash va notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.




