
Soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi fakulteti
Fakultetning funksional vakolatlari
fakultet tarkibidagi kafedralar va bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv rejalari ijrosini ta’minlash va ta’lim sifatini monitoring qilish;
o‘quv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
darslar, amaliyotlar, nazoratlar va davlat attestatsiyasini tashkil etish;
professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini muvofiqlashtirish hamda talabalar o‘zlashtirishini tahlil qilish;
zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish;
o‘quv-uslubiy materiallar, darslik va qo‘llanmalar tayyorlanishini muvofiqlashtirish;
talabalar ilmiy faoliyati, amaliyoti, bitiruv ishlari va kasbiy rivojlanishini tashkil etish;
soliq organlari, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan ta’lim va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish;
ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish va xalqaro reytinglarda ishtirok etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish va ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanishni tashkil etish.
Xodimlar


Ashurova Shaxnoza Almasovna
Bosh mutaxassis
