Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Ixtisoslik fanlari kafedrasi

Kafedraning maqsadi, vazifalari va funksiyalari

  • Tegishli fanlar bo‘yicha sifatli ta’lim berish, talabalarda zamonaviy bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;

  • Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va sillabuslarni ishlab chiqish, ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi talablariga muvofiq tashkil etish;

  • Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini yuqori ilmiy-uslubiy darajada tashkil etish hamda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;

  • Kurs va bitiruv malakaviy ishlarini tashkil etish, mavzularini belgilash, ilmiy rahbarlarni biriktirish va bajarilishini nazorat qilish;

  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish hamda o‘quv-uslubiy majmualar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash;

  • Talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish, ularning konferensiya, olimpiada va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirokini ta’minlash;

  • Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini taqsimlash, individual ish rejalarini shakllantirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • Kafedra yig‘ilishlarida o‘quv-uslubiy va ilmiy masalalarni ko‘rib chiqish, fanlar bo‘yicha nazorat topshiriqlari bazasini shakllantirish va yangilash;

  • Professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Xodimlar

Yuklanmoqda…