
Kasb mahoratini oshirish kafedrasi
Kasb mahoratini oshirish kafedrasi vazifalari
• Soliq oliy maktabi Malaka oshirish va kompetensiyalarni rivojlantirish markazining xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga mas’ul tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedraning asosiy vazifasi buyurtmachi ehtiyojlari va xodimlarning kompetensiya bo‘shliqlaridan kelib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, o‘quv rejalari, dasturlari hamda o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish va yangilashdan iborat.
• Kafedra ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlar, keyslar, simulyatsiyalar, interaktiv metodlar va raqamli vositalardan foydalanib, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi. Shuningdek, tinglovchilar bilimini baholash, kurs samaradorligini monitoring qilish, teskari aloqa va postkurs kuzatuvlarini amalga oshirib, natijalar asosida o‘quv mazmunini takomillashtiradi.
• Kafedra ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, amaliyotchi mutaxassis va ekspertlarni o‘quv jarayoniga jalb etish hamda buyurtmachi bilan hamkorlik qilish orqali ta’lim sifatini oshiradi. Shu bilan birga, tinglovchilarda kasbiy etika, halollik, huquqiy madaniyat, xizmat mas’uliyati va zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradi.





