Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Umumkasbiy va gumanitar fanlar kafedrasi

Kafedraning maqsadi va funksional vazifalari

  • Talabalarda umumkasbiy va gumanitar-ijtimoiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish, huquqiy, iqtisodiy, tarixiy va ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish;

  • Chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda talabalarning jismoniy va ma’naviy sog‘lom shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashish;

  • Umumkasbiy va gumanitar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va sillabuslarni ishlab chiqish, mashg‘ulotlarni yuqori ilmiy-uslubiy darajada tashkil etish hamda talabalar bilimini baholash;

  • Talabalarda vatanparvarlik, huquqiy va ekologik ong, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

  • Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o‘quv-uslubiy majmualar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;

  • Talabalarning ilmiy-amaliy anjumanlar, ijodiy tanlovlar hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlaridagi ishtirokini tashkil etish;

  • Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini taqsimlash, individual ish rejalarini shakllantirish hamda kafedra yig‘ilishlarida o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy va ilmiy masalalarni ko‘rib chiqish;

  • Fanlar bo‘yicha test va nazorat topshiriqlari bazasini shakllantirish, talabalarining chet tili va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini monitoring qilish;

  • Professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Xodimlar

Yuklanmoqda…