Kutubxonachi
- Bo'lim
- Axborot-resurs markazi
- O'rinlar soni
- 1
- Muddat
- 10-oktabr, 2026
Talablar
1. Kasbiy maʼlumot va bilimlar
Maʼlumoti: Oliy maʼlumotli boʻlishi shart (afzal yoʻnalishlar: Kutubxona-axborot faoliyati, pedagogika, filologiya yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari).
Mutaxassislik bilimlari: Kutubxona fondini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga axborot-bibliografik xizmat koʻrsatish, kitobxonlar bilan ishlash uslubiyotini mukammal bilish.
Standartlar: Milliy kutubxona-axborot standartlari, tasniflash tizimlari (masalan, UDK / BBK) boʻyicha tushunchaga ega boʻlish.
2. Raqamli va texnik koʻnikmalar
Dasturiy taʼminot: Avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimlari (AKAT) va elektron kutubxona bazalari bilan ishlay olish.
Maʼlumotlar bazasi: Xalqaro ilmiy-metodik bazalar (Scopus, Web of Sciyence, Springer va boshqalar) bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlish va talabalarga bu borada yoʻriqnoma bera olish.
Ofis dasturlari: Kompyuterda tez va samarali ishlash (MS Office, internet resurslari, elektron pochta va bulutli texnologiyalar).
3. Shaxsiy va kasbiy sifatlar
Muloqot madaniyati: Talabalar, magistrantlar, professor-oʻqituvchilar bilan xushmuomala, vazmin va ochiq koʻngil boʻlish.
Axborot topish tezligi: Soʻralgan adabiyotni qisqa fursatda topib berish yoki muqobil elektron manzilini koʻrsatib oʻta olish qobiliyati.
Intizom va masʼuliyat: Kataloglashtirish va hujjatlar almashinuvida aniqlik hamda tartib-intizomga qatʼiy rioya qilish.
4. Chet tillarini bilish
Til koʻnikmalari: Davlat tilini bilish bilan birga, xorijiy adabiyotlar bilan ishlash va xalqaro bazalardan foydalanish uchun rus tilini, imkon qadar ingliz yoki boshqa xorijiy tillardan birini muloqot darajasida bilishi muhim afzallik hisoblanadi.
