Bosh mutaxassis
- Bo'lim
- Ichki audit xizmati
- O'rinlar soni
- 1
- Muddat
- 10-oktabr, 2026
Talablar
Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari:
1. Maʼlumoti: Oliy (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi, audit yoki soliq ishi yoʻnalishlari boʻyicha).
2. Ish tajribasi: Moliya-iqtisod, nazorat-taftish yoki ichki audit sohasida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
3. Maxsus sertifikat talabi: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 209-son qarori talablariga muvofiq, “Amaliyotchi ichki auditor” yoki “Professional ichki auditor” malaka sertifikatiga ega boʻlishi shart. (Xalqaro tan olingan CIA, ACCA kabi sertifikatlarga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi).
4. Bilim va koʻnikmalari:
Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet, Mehnat va Soliq kodekslarini, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlarni chuqur bilishi;
Vazirlar Mahkamasining 416-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom” hamda “Ichki audit milliy standartlari”ni amaliyotda qoʻllay olishi;
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish (UzASBO), davlat xaridlari portallari hamda “Ichki audit” dasturiy majmuasi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi.
Qoʻshimcha shartlar: Sudlanmaganligi. Davlat tilini mukammal bilishi.
Shartlar
Asosiy lavozim vazifalari:
Ichki audit milliy standartlari asosida Oliy maktabda byudjet mablagʻlari, shuningdek, toʻlov-kontrakt tushumlari, stipendiyalar, oʻquv grantlari va boshqa byudjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini ichki auditdan oʻtkazish;
Tashkilotning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida, xususan, davlat xaridlarini amalga oshirish va ish haqi hisoblashda qonun buzilishi holatlarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini koʻrish;
Tashkilot faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va ularni kamaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Ichki audit xizmatining yillik rejasini ishlab chiqish hamda audit natijalari boʻyicha xulosalarni tayyorlab borish.
