Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 4

Talabalar o‘rtasida “Zakovat ligasi” intellektual turniriga start berildi

Turnirning dastlabki o‘yinida ishtirokchilarga turli sohalarga oid mantiqiy savollar hamda tahliliy fikrlashni talab etuvchi murakkab topshiriqlar taqdim etildi.

Savollarga qisqa vaqt ichida javob topish, jamoa a’zolari fikrlarini birlashtirish va yakdil qarorga kelish ishtirokchilardan yuqori darajadagi bilim, tezkor fikrlash va o‘zaro hamjihatlikni talab etdi.

Bellashuv davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, ishtirokchilar o‘zlarining bilim va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar.

“Zakovat ligasi”ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni bilim va izlanishga rag‘batlantirishdan iborat.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…