Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
Yangiliklar

Talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

Talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

1

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida talabalar o‘zaro kuch sinashib, g‘alabaga bo‘lgan intilish, chaqqonlik, aniqlik va sport mahoratini namoyish etdilar. Har bir bahs esa o‘zining qiziqarli va murosasiz kechishi bilan yodda qoldi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida:
1 o‘rinni ST 05-26 guruh talabasi Sh. Boboxonov;
2 o‘rinni BHA 01-26 guruh talabasi A. Isroiljonov;
3 o‘rinni ST 01-26 guruh talabasi M. Nurulloyev egalladi.

Qizlar o‘rtasida:
1 o‘rinni SST 01-26 guruh talabasi L. Abduqayumova;
2 o‘rinni ST 01-26 guruh talabasi G. Farmonova;
3 o‘rinni BHA 01-26 guruh talabasi A. Shaydulina egalladi.

G‘olib va sovrindor talabalarni munosib natija bilan tabriklaymiz!

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…