Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 2

Talaba-yoshlar bilan “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” shiori ostida ma’rifiy-targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi

Yoshlarning ma’naviy immunitetini oshirish, ularni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan asrash hamda ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida talaba-yoshlar ishtirokida ma’rifiy-targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

1

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” shiori ostida o‘tkazilgan muloqotda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bosh mutaxassisi G‘olib Nuriddinov, Olmazor tumani ma’rifiy targ‘ibot bosh mutaxassisi Nodirbek Nurmatov hamda tezkor xodim Abdug‘afur Arifxodjayev ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida bugungi murakkab davrda ogohlik va hushyorlikni oshirish, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi turli axborot xurujlariga berilmaslik, yot g‘oyalar ta’siridan himoyalanish hamda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javob va tavsiyalar oldilar.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…