“Soliqqa kirish” fanidan ochiq dars o‘tkazildi
Soliq oliy maktabining Ixtisoslik fanlari kafedrasi dotsenti Xusan Zaripov tomonidan ST-26-01, ST-26-02 va ST-26-03-guruhlar talabalari uchun “Soliqqa kirish” fanidan “Soliqlarning iqtisodiy va huquqiy talqini” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ochiq dars davomida soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni hamda soliq tizimining huquqiy asoslari bilan bog‘liq muhim masalalar atroflicha yoritildi.
Mashg‘ulot jarayonida zamonaviy interfaol ta’lim usullari, savol-javoblar hamda vaziyatli masalalardan samarali foydalanildi. Talabalarning darsdagi faolligini oshirish, mavzu yuzasidan mustaqil fikrlash va nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlar bilan bog‘lashiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida samarali qayta aloqa (feedback) yo‘lga qo‘yilib, talabalar tomonidan bildirilgan savol va fikrlar atroflicha muhokama qilindi. Bu esa darsning mazmunan boy, interfaol va amaliy yo‘nalishga ega bo‘lishini ta’minladi.
Ochiq dars mashg‘ulotini kuzatish maqsadida Soliq oliy maktabining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A. Bozorov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Z. Ergashev, Ixtisoslik fanlari kafedrasi mudiri O. Ochilov, shuningdek, bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Bunday ochiq dars mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini yanada takomillashtirish, ilg‘or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy etish hamda talabalarga berilayotgan ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




