Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
Yangiliklar

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay Biznes Universiteti (Shanghai Business School — SBS) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va institutsional hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

1

Uchrashuvda Soliq oliy maktabi rektori Narziyev Yigitali Shodmonovich boshchiligidagi oliy maktab rahbariyati hamda Shanxay Biznes Universiteti delegatsiyasi ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilinib, Soliq oliy maktabi faoliyatiga bevosita aloqador bir qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xususan:
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tajriba almashinuvi hamda akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish;
soliq va soliqqa tortish yo‘nalishidagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va almashish;
sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasida tajriba almashish hamda ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish;
ta’lim va ilmiy faoliyat sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Shanxay Biznes Universitetining xalqaro faoliyati, ta’lim dasturlari va xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirayotgan loyihalari haqida fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida xitoylik hamkorlar Soliq oliy maktabining moddiy-texnik bazasi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, mehmonlarga Soliq oliy maktabining o‘quv binolari, talabalar turar joyi, Axborot-resurs markazi, sport zali hamda zamonaviy o‘quv auditoriyalari namoyish etildi. Tashrif davomida mehmonlar talabalar uchun yaratilgan ta’lim olish, ilmiy izlanish olib borish, axborot resurslaridan foydalanish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Mazkur tashrif Soliq oliy maktabining xalqaro aloqalarini kengaytirish, xorijiy yetakchi ta’lim muassasalari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Kelgusida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

Soliq oliy maktabi — xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda, soliq sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lida xalqaro hamkorlik geografiyasini izchil kengaytirmoqda.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…