Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida talabalar uchun “Stipendiya sari yo‘l” mavzusida uchrashuv tashkil etildi
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida iqtidorli, ilm-fanga qiziquvchi va o‘z ustida ishlashga intilayotgan talabalar uchun “Stipendiya sari yo‘l” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Uchrashuvning asosiy mehmoni — Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, “Yil talabasi” tanlovi g‘olibi, ko‘plab ilmiy maqolalar va ilmiy monografiyalar muallifi A. Abdurahimov bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalarga davlat stipendiyalariga erishish yo‘llari, ilmiy faoliyatni boshlash, ilmiy maqolalar tayyorlash va nufuzli ilmiy jurnallarda chop ettirish, shuningdek, ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarning ilmiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-sentabrdagi 449-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning mazmun-mohiyati bo‘lim boshlig‘i O. Berkinov tomonidan batafsil tushuntirib berildi.
Uchrashuv talabalarga ilmiy izlanishlarini yangi bosqichga olib chiqish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yuqori natijalarga erishish uchun muhim yo‘nalish va amaliy tavsiyalar berdi.




