Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 5

Soliq oliy maktabida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

1

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv, sabr-toqat va intellektual salohiyatlarini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar.

Murosasiz va qizg‘in kechgan shaxmat bahslari yakunida ishtirokchilar orasidan eng kuchli shaxmatchilar aniqlandi. Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi.

1-o‘rin — Akmal Bozorov
2-o‘rin — Adham Xaitmetov
3-o‘rin — Baxrom Qurbonov

G‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…