Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 3

Soliq oliy maktabida o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Soliq oliy maktabida professor-o‘qituvchilar va xodimlarning o‘quv-uslubiy faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, o‘quv adabiyotlarini sifatli tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “O‘quv qo‘llanmalarini va darsliklarni tayyorlash” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

1

Mahorat darsi davomida o‘quv qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashning asosiy bosqichlari, ularning tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan talablar, o‘quv materiallarini shakllantirishda metodik yondashuvlar hamda ilmiy va amaliy manbalarni tanlash masalalari batafsil yoritildi.

Shuningdek, o‘quv adabiyotlarini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish, tahrir qilish va nashrga tayyorlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, amaldagi talablar hamda ilg‘or amaliy tajribalar yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar taqdim etilib, mavzu yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Mazkur mahorat darsi professor-o‘qituvchilarning o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quv-uslubiy ishlar sifatini yanada oshirish hamda ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…