Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
Yangiliklar

Soliq oliy maktabida “Mustaqillik darslari” davom etmoqda

Soliq oliy maktabida “Mustaqillik darslari” davom etmoqda

5

Bugungi mashg‘ulotlar davomida talabalarga, avvalo, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, noqonuniy hamda ishonchsiz saytlarning salbiy oqibatlari, turli axborot xurujlari ta’siriga tushib qolishning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Mashg‘ulotlarning muhim qismi yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat tinchligi hamda mamlakat barqarorligiga jiddiy tahdid ekanini tushuntirishga bag‘ishlandi. Talabalarga bunday tahdidlarning oldini olishda hushyorlik, tanqidiy fikrlash va axborotdan oqilona foydalanish muhim ekani ta’kidlandi.



Shuningdek, talabalarga Yoshlar ittifoqining Soliq oliy maktabidagi faoliyati, uning yoshlar hayotidagi o‘rni hamda talabalarga taqdim etiladigan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

“Mustaqillik darslari” talabalarning nafaqat mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyot yo‘lini chuqurroq anglashiga, balki zamonaviy axborot makonida o‘zini to‘g‘ri tutish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishiga xizmat qilmoqda.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…