Soliq oliy maktabida “Elektron kitoblar oddiy kitoblardan afzal?” mavzusida debat tashkil etildi
Soliq oliy maktabida talaba-yoshlarning mustaqil fikrlash, notiqlik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Munozara” debat klubi tashkil etilgan.

“Munozara” klubining navbatdagi “Elektron kitoblar oddiy kitoblardan afzal?” mavzusidagi bahsida jamoalar o‘z qarashlarini erkin ifoda etib, ularni mantiqiy dalillar va asoslangan fikrlar orqali himoya qildilar.
Bahslar jarayonida talabalar tezkor va mustaqil fikrlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘z nuqtayi nazarini asoslash, muqobil fikrlarga munosabat bildirish hamda jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarini namoyon etdilar.




