Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
Yangiliklar

Soliq oliy maktabida matematika fanidan fan olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi

Soliq oliy maktabida matematika fanidan fan olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi

1

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida “Soliqlar va soliqqa tortish” hamda “Buxgalteriya hisobi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida matematika fanidan fan olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish hamda iqtidorli talabalarni aniqlashdan iborat.

Musobaqada 200 nafarga yaqin talaba faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Ishtirokchilarga taqdim etilgan topshiriqlar ularning nafaqat nazariy bilimlarini, balki tezkor fikrlash, mantiqiy yondashish va masalalarni samarali yechish ko‘nikmalarini ham baholashga qaratildi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi qizg‘in va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi. Talabalar murakkab masalalarni yechish jarayonida o‘z bilimlarini namoyon etib, yuqori natija qayd etish uchun o‘zaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan talabalar olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Mazkur fan olimpiadasi Soliq oliy maktabida talabalarning ilmiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, fanlarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…