Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
Korrupsiyaga qarshi kurashishKo'rishlar soni: 7

Soliq oliy maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Soliq oliy maktabi professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida "Korrupsiyasiz muhit — sifatli ta’lim asosi" hamda "Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish" mavzularida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va boshqarish, xodimlarning xizmat vazifalarini xolis va adolatli bajarishi hamda ta’lim jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida belgilangan vazifalar, jumladan, korrupsiyaga moyil jarayonlarni tahlil qilish, davlat xaridlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, talabalarni qabul qilish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Akademik halollikni mustahkamlash, plagiat va akademik firibgarlikka qarshi kurashish, shuningdek, HEMIS platformasida inson omilini kamaytirish muhim yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaviy holatlar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish va himoya qilish mexanizmlari, ishonch telefonlari hamda elektron murojaat kanallarining ahamiyati ta’kidlandi.

Mazkur suhbat korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish va Soliq oliy maktabida halollik, qonuniylik hamda shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratildi.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…