Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 3

Soliq oliy maktabida ingliz tili fanidan olimpiadaning 2-bosqichi o‘tkazildi

Soliq oliy maktabida talabalarning ingliz tilini bilish darajasi, amaliy til ko‘nikmalari hamda akademik salohiyatini aniqlashga qaratilgan ingliz tili fanidan olimpiadaning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

1

Olimpiadani tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarning xalqaro muloqot vositasi sifatida ingliz tilini egallash darajasini yanada oshirish, ularning mustaqil va mantiqiy fikrlash, akademik hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, yuqori bilim va salohiyatga ega talabalarni aniqlashdan iborat.

Musobaqaning 2-bosqichida saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari Reading (o‘qib tushunish), Listening (tinglab tushunish), Writing (yozma nutq) va Speaking (og‘zaki muloqot) yo‘nalishlari asosida kompleks baholandi.

Sinovlar davomida talabalarning lug‘at boyligi va grammatik bilimlari bilan bir qatorda, ingliz tilidagi matnlarni tushunish, eshitilgan axborotni to‘g‘ri anglash, o‘z fikrini yozma shaklda izchil ifodalash hamda og‘zaki muloqotga kirishish qobiliyatlari ham sinovdan o‘tkazildi.

Olimpiada ishtirokchilar uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, o‘z ustida ishlash va yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan intilishlarini yanada mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…