Soliq oliy maktabida birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi
Soliq oliy maktabida birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi

Soliq oliy maktabida Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Darslar davomida talabalarga O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, bunyodkorlik va rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yurtimiz tarixida milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik harakatining muhim o‘rniga alohida to‘xtalib, Jadidlarning xalq ma’rifati, milliy tafakkur va taraqqiyot yo‘lidagi faoliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan talabalarga Soliq oliy maktabining faoliyati, ta’lim jarayoni, infratuzilmasi va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Talabalarga o‘quv jarayonida faol ishtirok etish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.




