Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi
YangiliklarKo'rishlar soni: 0

Soliq oliy maktabi xodimlari O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabi xodimlari O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurib, yurtimiz hududida davlat boshqaruvi va huquqiy tizimlarning shakllanishi hamda taraqqiyotiga oid tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar.

1

Tashrif davomida muzey ekspozitsiyalari orqali Mo‘g‘ullar davrida "Yaso" qonuni asosida tartib o‘rnatilishi, Amir Temur davrida esa markazlashgan davlat boshqaruvi tizimining takomillashtirilishi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, o‘sha davrlarda qonuniylik va adolatni ta’minlashga xizmat qilgan shixna, arzbegi va adolat amiri kabi lavozimlar hamda ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ma’rifiy tashriflar xodimlarning tarixiy-huquqiy bilimlarini boyitish, davlat boshqaruvi an’analari haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Fotolavhalar

Tegishli yangiliklar

Yuklanmoqda…