Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Ta’lim xizmatlari targ‘iboti bo‘limi

Bo‘limning vazifalari va faoliyat yo'nalishlari

  • Soliq oliy maktabining ta’lim xizmatlari, faoliyati va yutuqlarini ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish;

  • Soliq oliy maktabining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini dolzarb, ishonchli va tezkor axborotlar bilan muntazam yangilab borish;

  • Soliq oliy maktabi faoliyatiga oid foto, video, audio, taqdimot, infografika, buklet, banner va boshqa axborot-targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tarqatish;

  • ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni tashkil etish, press-reliz, axborot xabarlari, intervyu va boshqa media materiallarni tayyorlash;

  • konferensiya, seminar, forum, davra suhbati, ochiq eshiklar kuni va boshqa tadbirlarning axborot ta’minotini tashkil etish;

  • abituriyentlar, talabalar, tinglovchilar, bitiruvchilar va keng jamoatchilikni Soliq oliy maktabining ta’lim xizmatlari to‘g‘risida zarur axborotlar bilan ta’minlash;

  • Soliq oliy maktabining ijobiy imiji, nufuzi va brendini mustahkamlashga qaratilgan axborot-targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;

  • ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Soliq oliy maktabi faoliyatiga oid materiallarni monitoring va tahlil qilish;

  • bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va takliflarni tayyorlash;

  • Soliq oliy maktabining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, rasmiy veb-saytda tegishli axborotlarning o‘z vaqtida joylashtirilishini tashkil etish;

  • bo‘lim faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari va rahbariyat ko‘rsatmalarining bajarilishini ta’minlash.

Xodimlar

Yuklanmoqda…