Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim sifatini ta’minlash va baholash bo‘limining faoliyati

  • Soliq oliy maktabida ta’lim sifatini monitoring qilish, ichki attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini nazorat qilish;

  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘quv rejalari hamda fan dasturlarining belgilangan davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga muvofiqligini baholash;

  • Talabalar bilimini, professor-o‘qituvchilar faoliyatini va o‘quv jarayoni samaradorligini tahlil qilish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • Soliq oliy maktabining milliy va xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim jarayoniga joriy etish;

  • Ta’lim sifati holatini o‘rganish, ichki baholash va monitoring natijalari asosida tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va takliflar tayyorlash;

  • • O‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi, dars berish sifati va o‘quv yuklamalarining taqsimlanishini o‘rganish hamda tegishli takliflar kiritish;

  • Talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va ta’lim sifatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish, ilg‘or amaliyotlarni joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.

Yuklanmoqda…