Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Soliqqa oid ilmiy tadqiqotlar markazi

Markazning asosiy vazifalari

• Soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini ilmiy-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sohani takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

• Soliq qonunchiligini qo‘llash jarayonidagi bo‘shliq va ziddiyatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

• Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida milliy soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

• Soliq va moliyaviy nazorat sohalarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;

• Soliq islohotlarining iqtisodiyotga ta’sirini kompleks baholash va mahalliy hamda xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

• Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion ishlanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;

• Yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish;

• Xalqaro soliqqa tortish, transfert narx belgilash va raqamli iqtisodiyot subyektlarini soliqqa tortish bo‘yicha metodologiya va tavsiyalar ishlab chiqish;

• Soliq xavflarini baholash, yashirin iqtisodiyotni aniqlash hamda soliq siyosatining iqtisodiyot va budjet tushumlariga ta’sirini baholash usullarini ishlab chiqish;

• O‘z vakolatlari doirasida xalqaro tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

Xodimlar

Yuklanmoqda…