
Reja-moliya bo‘limi
Reja-moliya bo'limi vazifalari
Soliq oliy maktabining moliyaviy smetalari, daromad va xarajatlar prognozlarini shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish bo‘yicha buyruqlar asosida shtatlar soni monitoringini yuritish;
professor-o‘qituvchi va boshqa xodimlarning tarifikatsion ro‘yxatlari hamda mehnat shartnomalaridagi ish haqlarini belgilangan tartibda shakllantirish;
me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi o‘zgarishlardan kelib chiqib shtat jadvallari va xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
Soliq oliy maktabining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-kitob va hisobotlarni yuritish;
budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan ichki nazoratni amalga oshirish;
budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan to‘lov-kontrakt, grant va boshqa tushumlar bo‘yicha daromad va xarajatlar smetalarini shakllantirish;
“UzASBO” va “DMBAT” dasturiy majmualarida smeta, shtat jadvallari va hisobotlarni elektron shaklda yuritish hamda belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ta’minlash;
choraklik va yillik yakunlar bo‘yicha xarajatlar smetasi, shtat jadvallari va moliyaviy ko‘rsatkichlarning bajarilishini tahlil qilish va nazorat qilish;
bo‘lim faoliyatiga oid qonunchilik va yuqori turuvchi tashkilotlar hujjatlari talablarining bajarilishini ta’minlash.
Xodimlar


Qobilov Jamshid Jumaqul o'g'li
Bosh iqtisodchi
