
Registrator ofisi
Bo'limning vazifa va funksiyalari
talabalar bilan ishlashni samarali tashkil etish hamda ularga akademik xizmatlarni tezkor, sifatli va shaffof ko‘rsatish;
talabalar kontingenti, GPA ko‘rsatkichlari va shaxsiy-akademik ma’lumotlarini yuritish hamda monitoring qilish;
akademik transkript, o‘qish joyidan ma’lumotnoma, talabalar guvohnomasi va boshqa akademik hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish;
talabalar va bitiruvchilarga akademik masalalar bo‘yicha maslahat berish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
bitiruvchi talabalar hujjatlarini shakllantirish, diplom va diplom ilovalarini rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va topshirish;
diplom va diplom ilovalari dublikatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda diplomni tasdiqlash bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish;
bitiruvchilarning hujjatlarini belgilangan tartibda arxivga topshirish;
HEMIS va boshqa tegishli axborot tizimlarini yuritish, foydalanuvchilar va ularning vakolatlarini boshqarish hamda ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritilishini monitoring qilish;
elektron ta’lim va axborot tizimlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hamda talabalar ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlash.
