Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

O‘quv-uslubiy bo‘lim

Bo‘limning maqsad va vazifalari

  • Oliy maktabda o‘quv va o‘quv-uslubiy jarayonni samarali tashkil etish va takomillashtirish;

  • o‘quv rejalari, fan dasturlari, dars va nazorat jadvallarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish;

  • professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari va shaxsiy ish rejalarini umumlashtirish, tahlil qilish va bajarilishini nazorat qilish;

  • o‘quv jarayonining tashkiliy masalalarini muvofiqlashtirish, tegishli buyruqlarni shakllantirish va kafedralar faoliyatini umumlashtirish;

  • mashg‘ulotlar sifatini nazorat qilish, ochiq va namunaviy darslarni tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • fanlarning o‘quv-uslubiy va adabiyotlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish, uslubiy materiallarni takomillashtirish va kafedralarga amaliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish;

  • talabalarning mustaqil ta’limi va malakaviy amaliyotlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

  • zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar, amaliy keyslar va raqamli xizmatlarni o‘quv jarayoniga joriy etish;

  • ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar va treninglarni tashkil etish;

  • o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha metodik izlanishlar olib borish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;

  • o‘quv auditoriyalari, moddiy-texnik va axborot resurslaridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish.

Yuklanmoqda…