Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Malaka oshirish va kompetensiyalarni rivojlantirish markazi

Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari

  • buyurtmachilar ehtiyoji, xodimlarning lavozim vazifalari va sohadagi o‘zgarishlardan kelib chiqib malaka oshirish, qayta tayyorlash, qisqa muddatli va maxsus o‘quv kurslarini rejalashtirish;

  • o‘quv kurslarining reja-grafigini ishlab chiqish, tinglovchilarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va guruhlarni shakllantirish;

  • o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish hamda ularni amaliy ehtiyojlardan kelib chiqib takomillashtirish;

  • kunduzgi, masofaviy va gibrid shakllarda o‘quv jarayonini tashkil etish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va elektron platformalardan foydalanishni ta’minlash;

  • o‘quv jarayoniga professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;

  • tinglovchilar davomatini, intizomini va o‘quv jarayonidagi faolligini nazorat qilish, ularga o‘quv va tashkiliy masalalar bo‘yicha maslahat berish;

  • tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash, yakuniy nazoratni tashkil etish va muvaffaqiyatli tamomlaganlarni sertifikatlash;

  • o‘quv kurslari sifatini monitoring qilish, tinglovchilar fikr-mulohazalarini o‘rganish va ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishni tashkil etish;

  • o‘quv kurslariga oid hujjatlar, davomat, baholash, sertifikatlash va hisobotlarni belgilangan tartibda yuritish;

  • buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikni ta’minlash hamda o‘quv kurslari natijalari bo‘yicha axborot almashinuvini amalga oshirish;

  • akademik halollik, axborot xavfsizligi, ichki tartib va xizmat intizomi talablariga rioya etilishini ta’minlash.

Yuklanmoqda…