
Kanselyariya va arxiv
Bo‘limning funksional vakolatlari
ish yuritish va hujjatlar aylanishini belgilangan tartibda tashkil etish;
kelib tushgan va chiquvchi hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, rahbariyatga taqdim etish va ijrosini nazorat qilish;
buyruq, farmoyish va topshiriqlarni rasmiylashtirish hamda ijrochilarga yetkazish;
tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlarni nomenklatura asosida yuritish va nazorat qilish;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, saqlash va belgilangan tartibda arxivga topshirishni tashkil etish;
fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzodan foydalanishni tashkil etish;
davlat tili, maxfiylik, axborot xavfsizligi va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash;
arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish.
