
Babatayev Xasan Atabayevich
Bosh mutaxassis
Kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;
Xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish, mehnat shartnomalarini bekor qilish va attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni tashkil etish;
Xodimlarga oid buyruqlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxsiy ish jildlarini yuritish va kadrlar hujjatlari aylanishini ta’minlash;
Mehnat daftarchalari, elektron mehnat shartnomalari va xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini belgilangan tartibda yuritish;
Xodimlarning shtatlar bo‘yicha tarkibini muntazam tahlil qilish, hisobini yuritish va kadrlar bazasini shakllantirish;
Xodimlarga ta’til berish, rag‘batlantirish, intizomiy jazo choralarini qo‘llash va ularni hisobga olish jarayonlarini rasmiylashtirish;
Xodimlarning ish stajini, uzoq yillik xizmat uchun ustama olish huquqini aniqlash hamda maxsus unvonlar berish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
Kadrlar bilan ishlash komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish, nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar ijrosini nazorat qilish;
Mehnat ta’tili jadvalini ishlab chiqish hamda bo‘limga kelib tushgan xat, ariza va murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Kadrlar bilan ishlashda mehnat qonunchiligi, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalar talablariga rioya etilishini ta’minlash.

Bosh mutaxassis