Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Ilmiy tadqiqotlar bilan ishlash

Bo‘limning funksional vazifalari

  • Soliq oliy maktabida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va rivojlantirish hamda ilmiy salohiyatni oshirish;

  • Ilmiy-tadqiqot faoliyatining strategik va yillik rejalarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning ilmiy ishlarini muvofiqlashtirish;

  • Fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning bajarilishini monitoring qilish hamda natijalarini ta’lim jarayoni va soliq amaliyotiga joriy etishga ko‘maklashish;

  • Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish;

  • Ilmiy maqola, monografiya, o‘quv qo‘llanma va boshqa ilmiy ishlarning tayyorlanishi hamda nashr etilishini tashkil etish;

  • Ilmiy konferensiyalar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil etish, yosh olimlar va iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;

  • Ilmiy-tadqiqot loyihalarini grantlar, davlat buyurtmalari va boshqa qonuniy manbalar asosida moliyalashtirishda ishtirok etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;

  • Ilmiy daraja va unvon olish jarayonlarida professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarga tashkiliy-metodik ko‘mak ko‘rsatish, doktorant va izlanuvchilar faoliyatini monitoring qilish;

  • Ilmiy natijalarni hisobga olish, intellektual mulkni himoya qilish, akademik halollik va plagiatning oldini olish choralarini amalga oshirish;

  • Ilmiy salohiyat va faoliyat natijalari bo‘yicha statistik hamda tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish va belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish.

Yuklanmoqda…