Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi

FUQARO VA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘LIMI

● Mehnat muhofazasi bo‘limining asosiy maqsadi — xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, ish jarayonida shikastlanish va baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda avariya holatlarini bartaraf etishni ta’minlashdan iborat.

● Bo‘limning asosiy funksiyasi — mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini tashkil etish, uning samarali faoliyatini ta’minlash va tizimni uzluksiz takomillashtirib borishdan ish joylaridagi xavfli va noqulay omillarni aniqlash, ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda iborat.

● Mehnat xavfsizligini ta’minlash vazifasi — ish joylaridagi xavfli va noqulay omillarni aniqlash, ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda kasbiy xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

● Xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha tayyorlash va o‘qitish, ularga zarur hollarda shaxsiy himoya vositalari, yuvish va zararsizlantirish vositalarini berish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish bo‘limning muhim vazifalaridan biridir.

● Mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish orqali ishlarning xavfsiz bajarilishi, mehnat sharoitlari va xodimlarning xavfsizligi muntazam ravishda tekshiriladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

● Xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, zarur hollarda ruhiy holat bo‘yicha ko‘riklardan o‘tkazish hamda binolar, inshootlar, mashina, mexanizm va uskunalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash amalga oshiriladi.

● Bo‘lim mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydi, xodimlarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya qilinishini nazorat qiladi hamda ularning mehnat muhofazasi sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.

● Mehnat muhofazasi bo‘limi xodimlar va jamoatchilikni tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, pudrat tashkilotlari tomonidan xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi hamda zarurat tug‘ilganda mehnat muhofazasi siyosati va tartiblariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlaydi.

Xodimlar

Yuklanmoqda…