
Buxgalteriya
Bo‘limning maqsad va vazifalari
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritish, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash hamda moliyaviy hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va taqdim etish;
Moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning tushumi hamda sarflanishini hisobga olish va nazorat qilish;
Xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni hisoblash va o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlash;
Moddiy va nomoddiy aktivlarning hisobini yuritish, saqlanishi va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish hamda inventarizatsiya natijalarini hisobda aks ettirish;
Soliq, buxgalteriya va statistika hisobotlarini belgilangan muddatlarda tayyorlash va tegishli tashkilotlarga taqdim etish;
Birlamchi hisob hujjatlarini qabul qilish va tekshirish, kassa va bank operatsiyalarini yuritish hamda tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Smeta-moliyaviy rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish, uning ijrosini nazorat qilish va moliyaviy-xo‘jalik shartnomalarining buxgalteriya hisobini yuritish;
Moliyaviy hisobotlarni, jumladan buxgalteriya balansi va boshqa hisobot shakllarini belgilangan tartibda shakllantirish;
Tarkibiy bo‘linmalardan zarur hujjat va ma’lumotlarni talab qilish, moliyaviy intizom buzilishlarining oldini olish hamda qonunchilikka zid operatsiyalar yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
Buxgalteriya hujjatlari va shaxsga doir ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash, moliyaviy intizom hamda korrupsiyaga qarshi kurashish talablariga rioya etish.

