Axborot resurs markazi
Axborot Resurslari Markazining funksional vazifalari
Axborot resurslari markazi fondini ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlariga mos adabiyotlar bilan shakllantirish, hisobga olish, saqlash va muntazam yangilash;
Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron katalog va milliy elektron axborot resurslari bilan integratsiyani ta’minlash;
Talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni zarur axborot-bibliografik hamda elektron ilmiy-ta’limiy resurslar bilan ta’minlash;
Soliq, moliya, raqamli texnologiyalar va xalqaro sertifikatlash yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus adabiyotlar fondini shakllantirish va rivojlantirish;
Kitobxonlik va axborot-kutubxona madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, treninglar va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;
Axborot-resurs markazlari, kutubxonalar va ilmiy-ta’lim muassasalari bilan resurs almashinuvi hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Elektron resurslar va litsenziyalardan foydalanishni tashkil etish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari hamda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish;
ARM faoliyati bo‘yicha statistik va tahliliy hisobotlarni yuritish hamda belgilangan tartibda taqdim etish.
