Kamilov Abror Anvarovich
Bosh mutaxassis
Amaliyot va stajirovka bo'limining asosiy funksiyalari
Soliq oliy maktabi bakalavr talabalari, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilarning amaliyot va stajirovkalarini samarali tashkil etish, ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash;
Talabalarning o‘quv, ishlab chiqarish (malakaviy) va bitiruv oldi amaliyotlarini belgilangan tartibda tashkil etish, muvofiqlashtirish va amaliyot bazalariga taqsimlash;
Soliq organlari, tashkilotlar va korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, amaliyot bazalarini kengaytirish hamda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzishni muvofiqlashtirish;
Amaliyot va stajirovka dasturlari, rejalari va jadvallarini ishlab chiqish, ularning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga muvofiqligini ta’minlash;
Amaliyot va stajirovka rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish, jarayonning borishini monitoring qilish hamda ularning hisobotlarini nazorat qilish;
Talabalarning amaliyot davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholashni tashkil etish, amaliyot va stajirovka natijalarini tahlil qilish;
Talabalar va xodimlarning amaliyot hamda stajirovka bo‘yicha hisobot hujjatlarini ko‘rib chiqish, natijalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish va tegishli hisobotlarni shakllantirish;
Magistratura talabalari stajirovkasini hamda Soliq oliy maktabi professor-o‘qituvchilarining moslashuv (stajirovka) dasturlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
Amaliyot va stajirovka jarayonlarini takomillashtirish, amaliyot bazalari doirasini kengaytirish hamda soliq organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Bosh mutaxassis