Missiya, vizyon va qadriyatlar
Soliq oliy maktabi — O‘zbekiston soliq tizimining yangi avlod kadrlarini yetishtirishga qaratilgan zamonaviy oliy ta’lim, ilmiy va metodik markaz.
Missiya
Soliq oliy maktabi — O‘zbekiston soliq tizimining yangi avlod kadrlarini yetishtirishga qaratilgan zamonaviy oliy ta’lim, ilmiy va metodik markazdir.
Faoliyatimiz ta’lim, fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash, soliq organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda zamonaviy soliq ma’muriyatchiligi uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Vizyon
O‘zbekiston soliq tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy kompetensiyalarga ega, xalqaro standartlar asosida faoliyat yurita oladigan professional kadrlar maktabini shakllantirish.
Qadriyatlarimiz
Qonuniylik
Halollik
Professionallik
Sifat
Innovatsiya
Doimiy rivojlanish
Ochiqlik va o‘zaro hurmat
Vatanga va jamiyatga xizmat
